Willian Braziliya klubi bilan shartnoma imzoladi
ФОТО: Getty images
Willian Braziliyaning “Gremio” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
37 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan shartnoma 2026 yil oxirigacha amal qiladi va uni yana 1 mavsumga uzaytirish mumkin.
Willianning so‘nggi klubi Angliyaning "Fulham"i bo‘lib, u yozda shartnoma muddati tugaganidan so‘ng jamoani tark etgan. Bungacha braziliyalik futbolchi "Shaxtyor", "Anji", "Chelsi", "Arsenal", "Olimpiakos" va "Korintians" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Bu vaqt ichida u ikki marta Angliya chempioni bo‘lgan, ikki marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan, bir marta Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogi sohibiga aylangan. Braziliya terma jamoasi tarkibida Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist