Will Still — \"Southampton\" bosh murabbiyi
Klub kelasi mavsumni Chempionshipda o'tkazadi
Photo: Getty Images
Angliyaning “Southampton” klubi Will Stillni yangi bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda klub rasmiy sahifasi xabar berdi.
Avvalroq klub va 32 yoshli mutaxassis 3 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsum yakunida “Southampton” Chempionshipga tushib ketdi. Hozirda klubni Simon Rusk boshqarmoqda. Aprel oyida klub bosh murabbiy lavozimida ishlagan Ivan Yurichni iste'foga chiqargandi.
Still esa “Lens”ni boshqarib kelgan edi. Jamoa yakuniga yetgan mavsumda Fransiya chempionatida 8-o‘rinni egalladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist