«West Hеm» yangi murabbiy tanladi
"West Ham" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
ФОТО: Getty images
Londonning "West Hem" klubi bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma'lum bo‘ldi.
Bugun jamoa rasmiy tarzda Graham Potter ishdan bo‘shatilganini e'lon qildi.
Insayder Fabrizio Romanoning ma'lumotiga ko‘ra, "West Hem" rahbariyati "Nottingham Forest"ning sobiq ustozi Nuno Espirito Santuni tayinlashga kelishib olgan. Murabbiy bugunoq ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi va "Everton"ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi o‘yinda jamoani boshqaradi.
Ortda qolgan 5 turdan so‘ng "West Hem" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida bor-yo‘g‘i 3 ochko mavjud.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist