«West Ham» Uilsonning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
“West Ham” klubi “Nyukasl” sobiq futbolchisi Kallum Uilsonni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Hujumchi erkin agent sifatida londonliklar a'zosiga aylandi. U yangi jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsumda Uilson barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u Angliya milliy jamoasi safida 9 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Kallumning Transfermarkt’dagi narxi 8 million yevro deb baholanmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor