locale OZ

«West Ham» Paketa bo'yicha bir qarorga keldi

Braziliyalik futbolchiga ingliz va xorij grandlari tomonidan qiziqish bildirilyapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«West Ham» Paketa bo'yicha bir qarorga keldi
ФОТО: Getty images

"West Ham" yarim himoyachisi Lukas Paketa joriy mavsumda klubni tark etmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Grem Beyl xabar berdi.

Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchiga ingliz va xorij grandlari tomonidan qiziqish bildirilyapti.

Hattoki, yozgi transfer vaqtida “Aston Villa”ga o'tishi taxmin qilingandi. Biroq so'nggi daqiqalarga kelib kelishuv amalga oshmagan edi.

Qayd etilishicha, Paketa qishki transfer vaqtida ham “bolg'achilar”ni tark etmaydi. Klub boshqa jamoalardan taklif kutmayapti va yetakchi o'yinchisini kamida mavsum yakuniga qadar saqlab qolishni maqsad qilgan.

28 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 8 ta o'yinda 3 ta gol urdi. Transfermarkt portali 28 yoshli futbolchining narxini 28 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting