locale OZ

«West Ham» Kasado uchun 30 mln yevro taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«West Ham» Kasado uchun 30 mln yevro taklif qildi
Фото: Getty Images

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado APLga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "West Ham" va "Wolverhampton" klublari unga qiziqmoqda.

"Bolg'achilar" 21 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi uchun 30 mln yevro taklif qildi.

Shuningdek, futbolchiga "Betis" va "Girona" jamoalari ham qiziqish bildirayotganligi xabar qilingan edi.

O'z navbatida futbolchi "Barselona"da qolishni va asosiy tarkib uchun kurashishni rejalashtirgan.

O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting