locale OZ

“West Ham” ham Luis uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“West Ham” ham Luis uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

“Juventus” yarim himoyachisi Duglas Luis faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettirishga yaqin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Turin klubi braziliyalik futbolchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

“Bolg‘achilar” Duglasni dastlab 10 million yevroga ijaraga olib, keyingi yili ma’lum shartlar bajarilganidan so‘ng 25–30 million yevroga majburiy sotib olish varianti bilan taklif tayyorlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Duglas Luis “Juventus”ga 2024 yilning yozida o‘tgandi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda jami 27 ta o‘yin o‘tkazdi, biroq hech qanday samarali harakat qayd eta olmadi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting