«West Ham» Eshpiritu Santuni iste'foga chiqarishga yaqin turibdi
London klubi 14 ochko bilan APL xavfli zonasida 18-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
"West Ham" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu London klubini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "bolg‘achilar" rahbariyati "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda portugaliyalik murabbiyga so‘nggi imkoniyatni taqdim etadi.
Bu o‘yin "West Ham" boshqaruvidagi Eshpiritu Santu uchun hal qiluvchi o‘yin bo‘lishi mumkin.
Angliya Premer-ligasi 21-turidan o‘rin olgan "West Ham" – "Nottingem Forest" uchrashuvi ertaga, 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi. "West Ham" 14 ochko bilan APL xavfli zonasida 18-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist