Watkins jarohat sabab Angliya terma jamoasini tark etdi
U Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida olgan jarohatidan keyin hali tiklanmagan.
ФОТО: Getty images
Hujumchi Oli Watkins JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Latviya qarshi o‘yinda Angliya terma jamoasiga yordam bermaydi. Bu haqda Angliya futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Watkins Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida olgan jarohatidan keyin hali tiklanmagan.
Natiajada inglizlar 22 nafar futbolchidan iborat tarkibda Rigaga yo‘l oladi.
Latviya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 14-oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, inglizlar saralashning barcha beshta o‘yinida g‘alaba qozonishdi. Tomas Tuxel jamoasi Rigada g‘alaba qozonsa, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist