locale OZ

Vushkovich «Brayton»ga o'tmoqda — transfer qiymati 50 million funtdan oshadi

Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vushkovich «Brayton»ga o'tmoqda — transfer qiymati 50 million funtdan oshadi
ФОТО: Getty images

Xorvatiya terma jamoasi va Londonning «Tottenhem» klubi himoyachisi Luka Vushkovich faoliyatini «Brayton»da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, transferning kafolatlangan qiymati 46 million funt sterling (53,8 million yevro)ni tashkil etadi. Shuningdek, futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari ham to'liq kelishib olingan.

Tomonlar o'rtasidagi kelishuvga «Tottenhem»ning Vushkovichning keyingi transferidan ma'lum foiz olishi haqidagi band ham kiritilgan. Turli bonuslar qo'shilganda esa transferning umumiy qiymati 50 million funt sterlingdan (58,5 million yevro) oshib ketadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Luka Vushkovich barcha musobaqalar doirasida 30 ta uchrashuv o'tkazib, himoyachi bo'lishiga qaramay 6 ta gol muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 19 yoshli futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting