locale OZ

«Vulverxempton» Pereyra bilan shartnomani uzaytirdi

Ingliz klubi Vitor Pereyra bilan 3 yillik bitimni imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Vulverxempton» Pereyra bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

“Vulverxempton” bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi.

Qayd etilishicha, ingliz klubi Vitor Pereyra bilan 3 yillik bitimni imzolagan.

Portugaliyalik mutaxassis jamoani 2024 yil dekabrdan beri boshqarmoqda.

O‘tgan mavsumda “bo‘rilar” uning qo‘l ostida APLda 19-o‘rindan 16-pog‘onaga ko‘tarilib, ligada jon saqlab qolgan edi.

Nатижада Vitor mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar qatoridan o‘rin oldi.

Bu mavsumda “Vulverxempton” biroz yomon boshladi. 4 o‘yinda 4 mag‘lubiyatga uchradi — “Manchester Siti” (0:4), “Bornmut” (0:1), “Everton” (2:3) va “Nyukasl” (0:1). Klub so‘nggi — 20-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting