locale OZ

«Vulverxempton» bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

“Bo‘rilar” ikki ochko bilan jadvalning so‘nggi pog‘onasida joylashgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Vulverxempton” bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
ФОТО: Getty images

Portugal mutaxassisi Vitor Pereira “Vulverxempton” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi ma’lumot klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.

“Bo‘rilar” mavsumni juda yomon boshladi. Qoniqarsiz natijalar tufayli klub rahbariyati Pereyra bilan xayrlashishga qaror qildi.

Yaqin vaqt ichida ingliz jamoasining mashg‘ulotlarini yoshlar jamoalari murabbiylari — Jeyms Kollinz va Richard Uoker olib boradi.

“Biz Vitor va uning jamoasiga qilgan mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusida ularga omad tilaymiz”, — deyiladi klub bayonotida.

Angliya chempionatining 10 ta turidan so‘ng “Bo‘rilar” ikki ochko bilan jadvalning so‘nggi pog‘onasida joylashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting