locale OZ

«Vulverxempton» APLning birinchi davrasini gʻalabasiz yakunladi

«Bo‘rilar» hozirda 3 ochko bilan 20-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Vulverxempton» APLning birinchi davrasini gʻalabasiz yakunladi
FOTO: Getty Images

«Vulverxempton» Angliya Premer-ligasining 19-turidan so‘ng atigi uch ochko jamg‘argan holda musobaqaning birinchi davrasini g‘alabasiz yakunladi. «Bo‘rilar» navbatdagi ochkoni 30 dekabr kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi safar uchrashuvida qo‘lga kiritdi — 1:1.

Shu tariqa, «Vulverxempton» joriy mavsumdagi uch ochkoning barchasini duranglar evaziga jamg‘ardi. Avvalroq jamoa «Tottenhem» (1:1) va «Brayton» (1:1) bilan ham durang o‘ynagan edi.

19 turdan keyin «Vulverxempton» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 20-o‘rinda bormoqda. Jamoa 19 uchrashuvda uch ochko to‘plagan, to‘plar nisbati esa 11:40 ni tashkil etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting