locale OZ

\"Vulverxempton\" Abbosbek Fayzullayevni short-listiga kiritdi

Ingliz klubi yana bir nechta futbolchilarni kuzatmoqda.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
"Vulverxempton" Abbosbek Fayzullayevni short-listiga kiritdi
Photo: Getty Images

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “CSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Telegram’dagi Spartak Inform nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi “Vulverxempton”ning yozgi transfer oynasida xarid qilmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatidan joy olgan.

OAVda tarqalgan fotoda klub yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish uchun bir nechta nomzod futbolchilarning ismi tuzib chiqqan. Ular orasida Abbosbek Fayzullayev ham bor. Hamyurtimiz hujum ortida pozitsiyasiga mo‘ljallanmoqda.

Ma’lumot uchun, Abbos Fayzullayev 2024/25 yilgi mavsum Rossiya Premer-ligasi doirasida 27 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting