“Vulverhempton” 18 yoshli futbolchisi uchun ikki grand taklifini rad etdi
“Vulverhempton” yozgi transfer oynasida 18 yoshli Mateush Mane bo‘yicha “Liverpul” va “Manchester Yunayted”dan tushgan qiziqishni rad etdi. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, “bo‘rilar” yosh futbolchini hozircha sotish niyatida emasligini ikki klubga ham bildirgan.
Angliya grandlari transfer oynasining so‘nggi kunlarida Mane bo‘yicha muzokara olib borgan. “Liverpul” futbolchini to‘liq sotib olish, shuningdek, transferdan keyin uni yana “Vulverhempton”da ijarada qoldirish variantlarini ham ko‘rib chiqqan.
Manening o‘zi yuqori darajadagi klubga o‘tish imkoniyatiga qarshi bo‘lmagan, biroq “Vulverhempton” rahbariyatidan transfer talab qilmagan. Klub esa futbolchini joriy mavsumdagi muhim loyihalaridan biri sifatida saqlab qolishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli portugaliyalik vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning bozor qiymati Transfermarkt tomonidan 20 million yevroga baholanmoqda.