locale OZ

Vozinyaning «Kolo-Kolo»ga transferi hujjatlar sababli kechikmoqda

Dastlab darvozabon payshanba kuni Chiliga uchib ketishi rejalashtirilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vozinyaning «Kolo-Kolo»ga transferi hujjatlar sababli kechikmoqda
ФОТО: Getty images

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinyaning Chilining "Kolo-Kolo" klubiga o'tishi hozircha hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog'liq muammolar tufayli kechikmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Dastlab darvozabon payshanba kuni Chiliga uchib ketishi rejalashtirilgan edi. Biroq u reysga chiqmagani ortidan transfer barbod bo'lishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar tarqaldi.

Futbolchining vakillari esa bu ma'lumotlarni rad etib, muzokaralarda hech qanday muammo yo'qligini va transfer o'z kuchida qolganini ta'kidlashdi.

Ma'lum qilinishicha, kechikishga faqat byurokratik jarayonlar sabab bo'lmoqda. Gap shundaki, Kabo-Verdeda Chili konsulxonasi mavjud emas. Shuning uchun barcha hujjatlar Portugaliya orqali rasmiylashtirilmoqda.

Biroq Vozinya Portugaliya fuqarosi emasligi sababli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni kutilganidan ko'proq vaqt talab qilmoqda.

Kutilishicha, yaqin kunlarda barcha rasmiy ishlar yakunlanadi va darvozabon Chiliga yo'l oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting