locale OZ

Vozinya Messi bilan bo‘lgan suhbatini aytib berdi

Messi darvozabonga uning ajoyib o‘ynaganini va yaqinlari u bilan faxrlanishi kerakligini aytgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vozinya Messi bilan bo‘lgan suhbatini aytib berdi
Foto: Getty Images

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya JCh-2026 1/16 finalida Argentinaga qarshi o‘yindan keyin Lionel Messi bilan bo‘lgan suhbatini esladi.

Uning aytishicha, o‘yin tugagach, u Messi yoniga borgan. Ammo Vozinya biror narsa deyishga ulgurmasidan, Messi uni quchoqlab, o‘yinini yuqori baholagan.

Messi darvozabonga uning ajoyib o‘ynaganini va yaqinlari u bilan faxrlanishi kerakligini aytgan.

Vozinya esa Messiga minnatdorchilik bildirib, uni eng zo‘r futbolchi deb atagan. Shundan so‘ng u argentinalik yulduzdan ushbu o‘yindagi futbolkasini so‘ragan.

Messi bunga rozi bo‘lib, futbolkani tunnelda berishini aytgan. Vozinya esa bu kabi lahzalarni umrining oxirigacha eslab qolishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina Kabo-Verdeni qo‘shimcha vaqtdan so‘ng 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Kabo-Verde musobaqani tark etgan bo‘lsa-da, jamoa o‘z xarakteri va kurashi bilan muxlislar hurmatiga sazovor bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting