locale OZ

Vozinya kelajagi haqida: «Hozircha aniq javob yo‘q»

40 yoshli posbon hozircha qayerda faoliyatini davom ettirish borasida bir qarorga kelmaganini aytdi.
Vozinha kelajagi haqida: «Hozircha aniq javob yo‘q»
ФОТО: Getty images

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi. 40 yoshli posbon hozircha qayerda faoliyatini davom ettirish borasida bir qarorga kelmaganini aytdi.

«Hech qanday shoshilish yo‘q. Turli mish-mishlar ko‘p, ammo hozircha aniq taklif yo‘q. Yaqin orada hammasi oydinlashadi va futbol o‘ynashda davom etishimga umid qilaman», — dedi Vozinya AS nashriga bergan intervyusida.

Tajribali darvozabon Jahon chempionati–2026da 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning ikkitasi o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Uning Portugaliya ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Shavish» klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy yozda o‘z nihoyasiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Kabo-Verde terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining final bosqichida qatnashdi. Jamoa 1/16 finalda Argentinga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting