locale OZ

Vozinya Jahon chempionatlari tarixiga kirdi

Kobo-Verde darvozaboni Ispaniyaga qarshi oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vozinya Jahon chempionatlari tarixiga kirdi
FOTO: Getty Images

Kabo-Verde terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Jozimar Vozinya JCh-2026 guruh bosqichining 1-turida Ispaniyaga qarshi kechgan oʻyinda (0:0) oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu tariqa, ushbu futbolchi jahon birinchiliklari tarixida debyut uchrashuvida darvozasini daxlsiz saqlagan eng yoshli darvozabonga aylandi.

Ushbu bahsdan soʻng Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari bittadan ochko jamgʻarib, «H» guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 15-iyundan 16-iyunga oʻtar kechasi mazkur guruhning 1-turi doirasida Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtadi.

«H» guruhining 2-turida Ispaniya milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan (21-iyun), 3-turda esa Urugvay bilan (27-iyun) toʻqnash keladi. Kabo-Verde esa 2-turda Urugvay (22-iyun), 3-turda Saudiya Arabistoni (27-iyun) bilan oʻynaydi.

Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha Jahon chempionati — 2026 musobaqasi AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 11-iyundan 19-iyulga qadar boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi sayyora birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan. Oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqqan edi (4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting