«Volfsburg» Simonnisni iste'foga chiqardi
"Bo'rilar" Bundesliga turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
“Volfsburg” klubi bosh murabbiy Paul Simonnisni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
“Bo'rilar” so'nggi uch uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Bundesliga turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
Shuningdek, Germaniya kubogini ham muddatidan oldin tark etdi.
Ma'lumot uchun, Simonnis “Volfsburg”ni o'tgan yozda qabul qilgan edi. Bunga qadar u Niderlandiya klubini boshqarib kelayotgan edi.
Endilikda jamoa murabbiyligiga vaqtincha yoshlar jamoasi ustozi Daniel Bauer tayinlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist