locale OZ

\"Volfsburg\" Kristian Eriksenning holati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Klub hozircha Eriksenning maydonga qachon qaytishi bo‘yicha aniq muddatni e'lon qilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Volfsburg" Kristian Eriksenning holati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Foto: Getty Images

Germaniyaning "Volfsburg" klubi yarim himoyachi Kristian Eriksenning sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Klub bayonotiga ko‘ra, daniyalik futbolchi ayni paytda o‘zini yaxshi his qilmoqda va tiklanish jarayonini vatani Daniyada individual dastur asosida davom ettiradi. "Volfsburg" Eriksen hamda uning shifokorlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turishini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Eriksen iyun oyida Daniya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida hushini yo‘qotib yiqilgandi. Futbolchiga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan va keyinchalik uning ahvoli barqaror ekani tasdiqlangan.

Klub hozircha Eriksenning maydonga qachon qaytishi bo‘yicha aniq muddatni e'lon qilmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting