Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda
Chempionat bahslari shu yilning 16-fevraliga qadar davom etadi.
Фото: Спорт вазирлиги
Samarqand shahridagi O‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida voleybol bo'yicha kattalar (erkaklar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga II-tur o‘yinlari) o'tkazilmoqda.
Musobaqada ADTI (Andijon), AGMK, IIV Akademiya, Road Patrul, Sug'diyona konchi (Navoiy), BuxDPI (Buxoro), TerDU (Surxondaryo), SamDPI (Samarqand), Uztelecom (Toshkent) kabi jami 9 ta jamoalar qizg'in va murosasiz o'yinlarni namoyish etishmoqda.
Chempionat bahslari shu yilning 16-fevraliga qadar davom etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist