locale OZ

Voha derbisi: «Mash’al» tarixiy marraga bir qadam qoldi

Uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voha derbisi: «Mash’al» tarixiy marraga bir qadam qoldi
Фото: Машал ПФК

O‘zbekiston futbolidagi eng kuchli raqobatlardan biri — Voha derbisi: “Mash’al” – “Sho‘rtan”

Bu nafaqat jamoalar uchun, balki butun Qashqadaryo muxlislari uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan uchrashuv. Ertaga, 11 sentabr kuni G‘uzor shahridagi “Sho‘rtan” markaziy stadionida “Mash’al” va “Sho‘rtan” o‘zaro bahs olib boradi. Bu to‘qnashuv Superliganing 21-turidagi hayot-mamot kurashiga teng 6 ochkolik o‘yin sifatida qaralmoqda.

“Mash’al”ning Superliga statistikasi

“Mash’al” jamoasi shu paytgacha Superligada 558 uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarda:
•219 g‘alaba
•104 durang
•235 mag‘lubiyat

Shu bilan birga, raqiblar darvozasiga 690 gol urib, o‘z darvozasidan 763 to‘p o‘tkazib yuborgan. Bu raqamlar klub tarixidagi ko‘p yillik barqaror ishtiroki va og‘ir bahslarini yorqin aks ettiradi.

Rasmiy uchrashuvlar statistikasi

“Mash’al” umumiy hisobda 1106 rasmiy o‘yinda maydonga tushgan va ertangi derbi jamoa uchun 1107-o‘yin bo‘ladi. Superligada esa 559-uchrashuv qayd etiladi. Shu bois derbi nafaqat muxlislar, balki klubning rasmiy statistikasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ertangi bahs “Mash’al” uchun yangi bosqich bo‘lishi mumkin. Agar g‘alaba qozonilsa, klub:
•Superligada o‘zining 220-g‘alabasiga erishadi.
•Rasmiy uchrashuvlarda esa 525-g‘alabani nishonlaydi.
•Shuningdek, Superliga tarixidagi 691-gol va umumiy rasmiy bahslardagi 1752-gol qayd etilishi ehtimoli katta.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting