locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Vodiy derbisi oldidan kim qanday fikrda? Sobiq futbolchi, yoshlar jamoasi futbolchilari va muhlislardan fikrlar

Futbol 05 apr 2025 da 09:22
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Vodiy derbisi oldidan kim qanday fikrda? Sobiq futbolchi, yoshlar jamoasi futbolchilari va muhlislardan fikrlar
PHOTO: Telegram

Bir necha daqiqalardan so’ng Farg’onadagi “Istiqlol” o’yingohida superliganing 4-turidan o’rin olgan “Neftchi” hamda “Navbahor” jamoalari o’rtasidagi to’qnashuv bo’lib o’tadi. Ushbu bahs oldidan futbolchilar va muhlislarning fikrlari bilan qiziqdik

“Neftchi” va “Navbahor” sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi va bugungi kunda Namangan shahridagi futbol maktablaridan birida direktor bo’lib faoliyat yuritayotgan mutaxassis Sanjar Asqaraliyev:

“Bugungi uchrashuv qiziqarli bo’lishini kutyapman. Har ikki jamoa tarkibida o’ynaganman, lekin “Neftchi”da o’n yil o’ynadim. Ko’p yillar jamoa sardori bo’ldim, shuning uchun ham Farg’ona vatandek bo’lib ketgan. Menimcha, bugungi uchrashuvda jangavor durrang qayd etilsa kerak”,-deydi sobiq 23 raqam egasi.

“Navbahor” o’rinbosarlar jamoasi futbolchisi Mirshavkat Miryoqubov:

“Bugungi o’yin haqida gapiradigan bo’lsak, “Navbahor”ni ustinlik bilan g’alaba qozonishini kutyapman. Jamoada kayfiyat a’lo darajada. Mashg’ulotlarda hamma borini berib mehnat qildi, xudo xohlasa bu o’z natijasini ko’rsatadi”,-deydi futbolchi

“Neftchi” o’rinbosarlar futbolchisi Omadillo Abdubannopov:

“Bugun “Neftchi” g’alaba qozonishini kutyapman. Jamoamiz 2:0 hisobida bugungi o’yinni o’z foydasiga hal qiladi”,-deydi yosh futbolchi

Fayzullo Abdullayev “Navbahor” futbol klubi muhlisi:

“Bugunchi bahsdan eng kamida durrang kutyapman. Agar Sergey Lushan zahira tarkibini almashtirishda ustunroq kelsa, g’alaba nasib qilsa “Navbahor”da bo’ladi. Menimcha o’yin taqdiri ikkinchi bo’limda hal bo’lsa kerak”,-deydi “lochinlar” muhlisi

Hikmatillo Hakimov “Neftchi” futbol klubi muhlisi:

“Bugun shiddatli o’yin bo’lishini kutyapman. Hammasini maydonda tomosha qilamiz. Har ikki jamoa o’rtasida jang bo’lishi aniq”,-deydi “buyuk chinorlar” muhlisi

Bugungi vodiy derbisini tomosha qilish uchun minglab namanganlik muhlislar Farg’ona shahriga jo’nab ketishgan. Farg’onada esa har doim muhlislar bilan to’la bo’lgan. Shulardan kelib chiqib ham, “vodiy derbisi”da muhlislar o’rtasida ham o’zgacha kurash bo’lishi turgan gap

Eslatib o’tamiz, “Neftchi” – “Navbahor” uchrashuvi Farg’ona shahridagi “Istiqlol” o’yingohida soat 19:30da boshlanadi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting