locale OZ

Vlatko Stoyanovskiy: «Mash’alga medallar uchun kelganman»

Klub shimoliy makedoniyalik bilan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vlatko Stoyanovskiy: «Mash’alga medallar uchun kelganman»
Фото: Машъал ПФК

Muborakning «Mash’al» futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni tajribali legionerlar bilan kuchaytirishda davom etmoqda. Jamoamizga makedoniyalik hujumchi Vlatko Stoyanovskiy qo‘shildi.

Yangi futbolchi klub matbuot xizmatiga bergan ilk intervyusida Muborakdagi ilk taassurotlari va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida fikr bildirdi:

— Mening ismim Vlatko Stoyanovskiy. «Mash’al» oilasining a’zosi bo‘lganimdan juda xursandman. Klubdagi muhit va mehmondo‘stlik birinchi kundanoq meni o‘ziga jalb qildi, — dedi hujumchi.
Stoyanovskiy Muborakka shunchaki futbol o‘ynash uchun emas, balki yuqori natijalar uchun kelganini alohida ta’kidladi:

— Men bu yerga medallar uchun kelganman. Jamoadoshlarim va murabbiylar shtabi bilan birgalikda katta maqsadlar sari harakat qilamiz. Ishonamanki, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajara olamiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting