Vlahovichga qaysi klublar qiziqqanligi ma'lum bo‘ldi
Dushan "Juventus"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
ФОТО: Getty images
Insayder Fabrizio Romano "Juventus" hujumchisi Dushan Vlahovich atrofidagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.
Manba xabariga ko‘ra, futbolchiga uchta top-klub qiziqish bildirgan. Vlahovichni "Milan", "Bavariya" va "Barselona" o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan.
Biroq hozircha hech qanday ilgarilash yo‘q. Hujumchi yozda shartnomasi tugagandan so‘ng, "Juventus"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Bu mavsum A Seriyada Dushan Vlahovich "Juventus" safida 13 uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlarda u uchta gol urdi va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist