locale OZ

Vlahovich yangi shartnoma uchun talabini oshirdi

Xabarlarga ko‘ra, serbiyalik futbolchi avval so‘ragan 4 million yevro o‘rniga endi 8 million yevrolik imzo bonusini talab qilmoqda.
Vlahovich yangi shartnoma uchun talabini oshirdi
Foto: Getty Images

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda imzo bonusi bo‘yicha talabini keskin oshirdi.

Xabarlarga ko‘ra, serbiyalik futbolchi avval so‘ragan 4 million yevro o‘rniga endi 8 million yevrolik imzo bonusini talab qilmoqda. Bu esa tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarni yanada murakkablashtirgan.

"Yuventus" esa moliyaviy siyosatini o‘zgartirmoqchi emas. Turin klubi Vlahovichning maoshini kamaytirish evaziga yangi shartnoma taklif qilmoqda, biroq futbolchi buni yuqori miqdordagi imzo bonusi bilan qoplashni istamoqda.

Agar yaqin vaqt ichida kelishuvga erishilmasa, Vlahovich yozgi transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkin. Uning holatini Yevropaning bir nechta top-klublari kuzatib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting