Vlahovich «Milan»ga o‘tishni xohlamoqda
Photo: Getty Images
“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini “Milan”da davom ettirishni istamoqda. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi Angliya Premer-ligasiga o‘tishdan voz kechishga tayyor.
Avvalroq serb futbolchisini “Manchester United”, “Chelsea” va “Arsenal” klublari bilan bog‘lashgan edi. Vlahovichning “Yuventus” bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million yevroga teng.
O‘tgan mavsumda u 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Bahrom Bobonov
Redaktor