locale OZ

Vlahovich jarohat oldi va nomaʼlum muddatga safdan chiqdi

«Yuventus» hujumchisi A Seriyaning 13-turida maydonni erta tark etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vlahovich jarohat oldi va nomaʼlum muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovich jarohat tufayli uzoq muddat maydonga chiqa olmasligi mumkin. Bugun, 1 dekabr kuni turinliklar klub rasmiy ravishda serbiyalik futbolchida jarohat aniqlanganini ma’lum qildi.

Jamoa bayonotiga ko‘ra, Vlahovichning chap oyog‘idagi uzun olib kiruvchi mushakning muskul-pay birikmasida jiddiy shikastlanish bor. Odatda bunday jarohatlar uzoq tiklanishni talab qiladi.

Futbolchi A Seriya 13-turidan o‘rin olgan «Yuventus» — «Kalyari» uchrashuvida jarohat olgan edi. 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘sha bahsda hujumchini 31-daqiqadayoq almashtirishga to‘g‘ri kelgan.

Bunday jarohatlarda tiklanish muddati odatda uch oydan besh oygacha davom etadi. Yaqin kunlarda o‘tkaziladigan qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar Dushan Vlahovichning davolanish rejasini aniqlab beradi.

Unda jarayonni konservativ usulda davom ettirish yoki jarrohlik amaliyotining zarurligi masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Serbiyalik futbolchining maydonga qaytish sanasi tekshiruvlar natijasi va sog‘ayish dinamikasiga qarab belgilanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting