locale OZ

Vlahovich «Beshiktosh»ga o'tishga rozi bo'ldi – Romano

26 yoshli futbolchi yaqin 48 soat ichida Istanbulga yo'l olishi mumkin.
Vlahovich "Beshiktash"ga o'tishga rozi bo'ldi – Romano
ФОТО: Getty images

"Yuventus"ni erkin agent maqomida tark etgan hujumchi Dushan Vlahovich "Beshiktosh"ga o'tishga rozilik berdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Avvalroq italiyalik jurnalist Nikolo Skira serbiyalik hujumchi Turkiya klubiga o'tish arafasida turganini ma'lum qilgandi. Romanoning qo'shimcha qilishicha, agar barcha ma'muriy masalalar hal etilsa, 26 yoshli futbolchi yaqin 48 soat ichida Istanbulga yo'l olishi mumkin.

Qayd etilishicha, Vlahovich Turkiyaga ko'chib o'tish uchun Saudiya Arabistoni klublaridan birining taklifini rad etgan.

O'tgan mavsumda Vlahovich barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 2 ta gollik uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting