Vlahovich «Bavariya»ga o'tishi mumkin
Serbiyalik hujumchi "Yuventus"dan ketishi ehtimoli bor.
ФОТО: Getty images
“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
Manba xabariga ko'ra, serbiyalik futbolchiga “Bavariya” qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi hujumchining transferini ko'rib chiqishga tayyor.
Faqatgina “Yuventus” Vlahovich bilan shartnomani uzaytirmasa, tomonlar muzokaraga kirishishi mumkin.
Nemis klubi Vlahovichni Harri Keynga o‘rinbosar, shuningdek, ijarasi muddati tugagach “Chelsi”ga qaytishi kutilayotgan Nikolas Jeksonning o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda Dushan Vlahovich “keksa sinyora” safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist