Vladimir Kozak faoliyatini «Neftchi»da davom ettiradi
Sports24.uz saytiga ma'lum bo'lishicha, 32 yoshli futbolchi "Neftchi" bilan kelishuvga erishgan.
ФОТО: Getty images
O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Vladimir Kozak faoliyatini Qirg‘izistonda davom ettiradi.
Sports24.uz saytiga ma'lum bo‘lishicha, 32 yoshli futbolchi “Neftchi” bilan kelishuvga erishgan. Yaqinda qo‘chqor-otaliklarni o‘zbekistonlik mutaxassis Dmitriy An qabul qilib olgandi.
Yangi mutaxassis allaqachon tarkibni kuchaytirish yo‘lida sifatli legionerlarni "Neftchi"ga taklif qilish ishlarini boshlab yuborgan. Dastlabki kelishuv Kozak bo‘ldi.
Vladimir faoliyati davomida “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Navbahor” va boshqa jamoalarda to‘p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist