locale OZ

Vladimir Bushma: “Kuchli raqibga qarshi to'p surganimizdan xursandman”

“Andijon” – “Krumkachi” (3:2) o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan keyin raqib jamoa bosh murabbiyi Vladimir Bushma “Andijon” matbuot xizmatiga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vladimir Bushma: “Kuchli raqibga qarshi to'p surganimizdan xursandman”
photo: Andijon fk

Vladimir Bushma: “Kuchli raqibga qarshi to'p surganimizdan xursandman”

“Andijon” – “Krumkachi” (3:2) o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan keyin raqib jamoa bosh murabbiyi Vladimir Bushma “Andijon” matbuot xizmatiga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqidagi fikringiz qanday?

- Avvalo, bu o'yinni tashkil qilganlardan minnatdorman. Kuchli raqibga qarshi to'p surganimizdan xursandman. O'ylashimcha, yigitlarimiz bugun munosib to'p surishdi. O'yindagi ko'p jihatlardan ko'nglim to'ldi. Odatda, o'z divizionimizda ko'proq pozision hujumda o'ynaymiz. Ammo bugun pozision himoyalanishimizga to'g'ri keldi.

- Bugungi raqib – “Andijon” haqida nima degan bo'lardingiz?

- Fikrim ijobiy. O'rtoqlik bahsida u bilan uchrashishimizni bilgach, raqib ishtirokidagi o'yinlar videoyozuvlarini o'rganib chiqdim. Jamoa to'pni nazorat qilishga ko'proq urg'u berishi e'tiborimni tordi. Yaxshi raqib. O'yin qiziqarli bo'ldi. Yana bir bor uni tashkil qilganlarga rahmat aytib qolaman.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting