Vitsel faoliyatini La Ligada davom ettiradi
Photo: Getty Images
“Atletiko”ning sobiq yarimhimoyachisi Aksel Witsel faoliyatini yana La Ligada davom ettiradi.
Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeriy xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, belgiyalik futbolchining navbatdagi jamoasi “Girona” klubi bo'ladi. Ispan klubi futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qildi.
Avvalroq unga “Udineze” jiddiy qiziqish bildirgan va bir yillik bitim taklif qilgan edi. 36 yoshli futbolchi esa A Seriyadagi klub bilan muzokaralarni to'xtatishga qaror qilgandi.
Ma'lumot uchun, Witsel o'tgan mavsum barcha turnirlarda 22 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 2 million yevroga baholanmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor