locale OZ

Vitsel: «Belgiya oldinda yorqin kelajak kutmoqda»

Aksel Ispaniyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vitsel: «Belgiya oldinda yorqin kelajak kutmoqda»
ФОТО: Getty images

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aksel Vitsel milliy jamoaning kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Belgiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining chorak finalida Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

«Ehtimol, turnirni bir oz ehtiyotkorlik bilan boshladik. Ammo musobaqa davomida o‘yinimiz tobora yaxshilandi. Menimcha, aynan shu jihatni ushbu jahon chempionatidan olishimiz kerak. Jamoamiz kelajagidan xavotirda emasman. Oldinda bizni yorqin kelajak kutmoqda», — dedi Vitsel FIFA rasmiy saytiga.

Ispaniyaga qarshi uchrashuv 37 yoshli yarim himoyachi uchun Belgiya terma jamoasi safidagi 140-o‘yin bo‘ldi. Shu vaqt davomida u 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting