locale OZ

Vitinya: «Bizda kuchli jamoa bor, lekin turnirda favorit emasmiz»

Portugaliyalik futbolchi mundialdagi maqsadlar haqida to‘xtaldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vitinya: «Bizda kuchli jamoa bor, lekin turnirda favorit emasmiz»
ФОТО: Getty images

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Vitinya milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bizda dunyoning eng yaxshi klublarida to‘p suradigan ko‘plab iqtidorli futbolchilardan iborat yuqori saviyadagi terma jamoa borligini bilamiz. Shuning uchun, hatto bizda hali hech qachon bunday terma jamoa bo‘lmagan, deyishim mumkin. Ammo qog‘ozda bu hech narsani anglatmaydi. Ayta olaman-ki, biz da’vogarmiz, bizda juda kuchli terma jamoa bor, lekin favorit emasmiz; men bunday so‘zlarni ishlatmagan bo‘lardim. Buni yodda tutish kerak. Bizda katta salohiyat bor va uni ro‘yobga chiqarish kerak.

Muvaffaqiyat garovi kamtar bo‘lish, o‘yindan-o‘yinga harakat qilish, uzoqni emas, balki yaqin kelajakda bizni nima kutayotganini o‘ylash ekanligini bilamiz. Bizda iqtidor bor. Biz katta fidoyilik va ishga sodiqlikni namoyon etishimiz kerak. Bular yaxshi natijaga erishish uchun mukammal tarkibiy qismlardir. Biz aynan shuni qilishga harakat qilamiz. Bizga berilayotgan bahoni xotirjam qabul qilamiz, lekin agar maydonda qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilmasak, bu hech narsani anglatmaydi.

Hammasi muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.
Jahon chempionatidagi g‘alaba Chempionlar ligasidagi g‘alabadan ko‘ra o‘ziga xosroq bo‘ladimi? Bu boshqa narsa, lekin, albatta, terma jamoa bilan eng muhim sovrinni, keyin esa Millatlar ligasini yutish — juda o‘ziga xos hodisa", — deya Vitinyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi A Bola.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting