locale OZ

Vitaliy Levchenko: \"Hech kim kutmagan jamoalar yuqorida, favoritlar esa o'zining o'rnida emas. 6-7 turdan so'ng, chempionlik poygasi haqida xulosa qilish mumkin\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vitaliy Levchenko: "Hech kim kutmagan jamoalar yuqorida, favoritlar esa o'zining o'rnida emas. 6-7 turdan so'ng, chempionlik poygasi haqida xulosa qilish mumkin"
PHOTO: Telegram

Vodiy derbisidan so'ng, “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida quyidagicha fikrlarni bildirib o'tdi:

"Derbining qiyin o‘tishini oldindan kutgandik va amalda ham shunday bo‘ldi. “Navbahor” yaxshi jamoa va bugun shunga yarasha munosib o‘yin ko‘rsata oldi. Hisobda ikki bor oldinga chiqib oldi. Lekin yigitlar iroda ko‘rsatishdi va 12-futbolchimiz bo‘lgan muxlislarga g‘alabani tortiq etishdi. Ishqibozlar bundan xursand bo‘lishdi, deb o‘ylayman.
Biz kerakli pozitsiyalarda almashtirishlarni amalga oshirdik. O‘yinni kuchaytirish, oldingi chiziqda bosimni oshirish kerakligini tushunib turgandik, chunki ikki bor hisobda orqada qoldik. Biz o‘z maydonimizda o‘ynadik va faqat g‘alabani o‘yladik. Maydonga tushgan barcha futbolchilar borlarini berishdi.


Chempionat yoki kubok deb ajratmaymiz. Har bir jamoa uchun ushbu musobaqalar muhim hisoblanadi. Hozirda futbolchilardan kim kuchli bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi, biz vaziyatdan kelib chiqib, rotatsiya qilamiz. Biz ikkita turnirda o‘ynaymiz. Hamma jamoalar tarkibga mahoratli futbolchilarni qo‘shib olyapti. O‘tkinchi o‘yinlar yo‘q. Har bir jamoa ochko olishga astoydil harakat qilmoqda. Hozircha chempionat boshlanishida kim chempionlik uchun kurashishi haqda gapirish qiyin. Hech kim kutmagan jamoalar yuqorida, favoritlar o‘zining o‘rnida emas. 6-7 turdan so‘ng, jamoalarning holatiga qarab, bu haqda xulosa qilish mumkin",-deydi Levchenko

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting