locale OZ

Vitaliy Galat: Penaltilar borasida xavotirlar borligini inkor etmayman

Mutaxassis klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vitaliy Galat: Penaltilar borasida xavotirlar borligini inkor etmayman
Фото: Нефтчи ПФК

Superkubok uchrashuvidan so‘ng “Neftchi” jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Galat bilan intervyu

— Avvalom bor Superkubok bahsidagi g‘alaba bilan tabriklaymiz.Qo‘lga kiritilgan sovrin sizda qanday xis tuyg‘ularni uyg‘otdi?
— Tabrik uchun rahmat.Barchani ushbu g‘alaba bilan muborakbod etaman.Superkubok juda ahamiyatli sovrin.Shuning uchun g‘alabadan keyin quvonch va g‘urur tuyg‘usini boshdan kechirdim

— Shogirdlaringizni ushbu muhim uchrashuvga ruhlantirish ishlari qanday kechdi?
— Tajribali futbolchilarni ruhlantirish uchun unchalik dalda kerak emas,deb o‘ylayman.Ular maydonda faqat ishonch bilan harakatlanishlariga ishora qilaman

— Kubok o‘yini oldidan xavotirlar bo‘lganmi?
— Penaltilar borasida xavotirlar borligini inkor etmayman. Chunki "Paxtakor" bilan o‘yindan oldin penaltilarni kimlar va qanday ijro etishini o‘rganib chiqqan edik

— Superkubok bahsidan so‘ng eng yaxshi o‘yinchilarni aytib bera olasizmi?
— Butun jamoamiz qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatdi.Ammo ba’zi bir xavfli vaziyatlarda Botirali Ergashev darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldi

— Andijon o‘yingohidagi muhit haqida va muxlislarga tilaklaringizni bildirib o‘tsangiz
— Muxlislarimizga cheksiz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.Chunki ular o‘yin oldidan va undan so‘ng ajoyib bayramona muhitni yaratdilar. Muxlislarimizga sog‘lik salomatlik, jamoamizga esa doimiy ishonch bildirishlarini tilayman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting