locale OZ

Vissa «Nyukasl»ga o‘tishni xohlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vissa «Nyukasl»ga o‘tishni xohlamoqda
Фото: Getty Images

“Brentford” hujumchisi Yoan Vissa faoliyatini “Nyukasl”da davom ettirishni maqsad qilgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi klub rahbariyatidan uni qo‘yib yuborishni so‘ragan. "Nyukasl" 28 yoshli hujumchi transferi uchun "Brentford"ga 35 million funt sterling va 5 million funt sterlinglik bonus taklif qilgan.

“Qarg‘alar” ham transfer oynasi yakuniga qadar Vissa bilan kelishuvga erisha olishiga ishonmoqda. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Yoan o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting