Virtz — «Liverpool»da yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi
O‘tgan oyda u 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 assistni qayd etdi.
ФОТО: Getty images
“Liverpool” yarim himoyachisi Florian Virtz o‘tgan oyni yuqori notada yakunladi.
Natijada 22 yoshli germaniyalik futbolchi jamoada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “qizillar” matbuot xizmati xabar berdi.
Xavbek o‘tgan oy davomida Arne Slot jamoasi safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Florian Virtz joriy mavsum boshida Leverkuzenning “Bayer” klubidan 125 mln yevro evaziga “Liverpool”ga o‘tgan edi.
“Liverpool” esa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 39 ochko to‘plab, 6-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist