Virjil van Deyk Angliya Premyer-ligasida mutlaq rekord o‘rnatdi
«Liverpul» himoyachisi va sardori Virdjil van Deyk Angliya Premyer-ligasi tarixida o‘ziga xos yangi rekord o‘rnatdi. Tajribali futbolchi 34 yoshu 320 kunligida APLning 2025/2026 yilgi mavsumidagi barcha o‘yinlarni biror daqiqa dam olmasdan to‘liq o‘tkazgan turnir tarixidagi eng yoshi katta o‘yinchiga aylandi.
Niderlandiyalik himoyachi yakunlangan mavsumda chempionatning barcha 38 ta uchrashuvida maydonda saf tortdi. Van Deyk joriy mavsumda barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda jami 55 ta o‘yinda ishtirok etib, nafaqat himoyada, balki hujumda ham faollik ko‘rsatdi. U raqiblar darvozasiga 8 ta gol urishga hamda 3 va hissa golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Himoyachining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, nufuzli Transfermarkt portali uning ayni paytdagi bozor qiymatini 18 million yevro deb baholamoqda.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Liverpul» jamoasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni band etdi va kelgusi mavsumda nufuzli UEFA Chempionlar Ligasi turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Van Deykning bunday barqaror va ishonchli o‘yini jamoaning muvaffaqiyatida va yevrokuboklar yo‘llanmasini naqd qilishida bosh omillardan biri bo‘ldi.