locale OZ

Virjil van Deyk: «Angliya Kubogidan chiqib ketish biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi»

«Liverpul» sardori «Man Siti»dan uchralgan magʻlubiyat haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Virjil van Deyk: «Angliya Kubogidan chiqib ketish biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi»
FOTO: Getty Images

«Liverpul» jamoasi sardori Virjil van Deyk Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Manchester Siti»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (0:4) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Buni qabul qilish juda og‘ir. Maydonning o‘zida turib bunday natijani tan olish biz uchun nihoyatda mushkul bo‘ldi. Bugun og‘ir kunni o‘tkazdik va muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Butun mas’uliyat jamoaning zimmasida. Vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, biz birdamlikni saqlashimiz shart. Angliya Kubogini tark etishimiz bizga qattiq zarba bo‘ldi, chunki o‘yinning ma’lum qismiga qadar hammasi joyida edi», — deya ta’kidladi van Deyk.

Tajribali himoyachi jamoaning zich grafigi haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«Hozirgi holatda faqat o‘z nomimdan gapira olaman: bu mag‘lubiyatni hazm qilish qiyin. Biroq reallik shuki, hafta o‘rtasida bizni o‘ta kuchli va g‘alabaga tashna «Pari Sen-Jermen»ga qarshi bahs kutmoqda. Shuningdek, oldinda «Fulhem» bilan ham murakkab o‘yin bor. Bizni oson bo‘lmagan davr kutmoqda».

Eslatib oʻtamiz, Angliya Kubogi yarimfinal juftliklarini aniqlab beruvchi qur’a tashlash marosimi bugun, 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning yarimfinal uchrashuvlari 25 va 26 aprel kunlari Londonning afsonaviy «Uembli» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting