Vinisiusning “Real Madrid”dagi yangi maoshi ma’lum bo‘ldi
26 yoshli hujumchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilda yakunlanadi.
Foto: Getty Images
“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozilik bildirgan. Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuv muzokaralarda burilish yasagan.
Madrid klubi braziliyalik futbolchiga yiliga 24 million yevro va qo‘shimcha bonuslarni o‘z ichiga olgan shartnoma taklif qilgan. Vinisius ushbu moliyaviy shartlarni ma’qullagan. Avvalgi taklif yiliga taxminan 22 million yevroni tashkil etgan va futbolchini qoniqtirmagan edi.
26 yoshli hujumchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilda yakunlanadi. Avvalroq uning vaziyatini “Arsenal” kuzatib borayotgani va futbolchini o‘z transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist