Vinisius YChLda gollari soni boʻyicha braziliyalik futbolchilar orasida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi
«Real» hujumchisi «Monako»ga qarshi oʻyinda bitta golga mualliflik qildi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar Ligasidagi braziliyalik bombardirlar orasida ikkinchi o‘ringa koʻtarildi. Futbolchi turnirning 7-turida «Monako» darvozasini ishgʻol etdi (6:1).
Ushbu gol Vinisius uchun Chempionlar Ligasidagi 30-gol bo‘ldi va u Kaka bilan gollar soni bo‘yicha tenglashdi. Kaka ham 30 ta golga ega. Ro‘yxatning birinchi o‘rnida 43 ta gol urgan Neymar turibdi.
Braziliyalik futbolchilar orasidagi Chempionlar ligasi bombardirlari uchligi quyidagicha:
- 43 – Neymar («Barselona», «PSJ»)
- 30 – Vinisius Júnior («Real»)
- 30 – Kaka («Milan», «Real»)
Joriy mavsumda Vinisius «Real» safida 30 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta samarali uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist