Vinisius yana sevgilisi bilan ajrashdi
Juftlik o‘zaro kelishuv asosida ajralishga qaror qilgan.
Foto: Getty Images
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior 27 yoshli braziliyalik bloger Virjiniya Fonseka bilan munosabatlarini yakunladi. Bu haqda CNN Brasil telekanali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, juftlik o‘zaro kelishuv asosida ajralishga qaror qilgan. Fonsekaning vakili ular o‘rtasida hech qanday janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmaganini ta’kidlagan.
Vinisius va Virjiniya avval ham ayrilgan, biroq 2026-yil iyul oyida munosabatlarini qayta tiklagan edi. Oradan uch oy o‘tib, ular yana ajralishdi.
Ma’lumot uchun, Vinisius 10-oktabr kuni “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvning 52-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, 73-daqiqada raqibining sochidan tortgani uchun qizil kartochka oldi. “Real” ushbu bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.