locale OZ

Vinisius Yamalni irqchilikka qarshi kurashga qoʻshilishga chaqirdi

Avvalroq ispaniyalik muxlislar musulmonlarga nisbatan nojoiz harakatlar qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius Yamalni irqchilikka qarshi kurashga qoʻshilishga chaqirdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior irqchilik muammosiga to‘xtalib o‘tdi va «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalni ushbu masalada faol bo‘lishga chaqirdi.

Vinisius Junior ushbu muammoni murakkab va tez-tez takrorlanib turadigan jarayon deb atadi. U Lamin Yamal ham bu kurashni davom ettirishi muhimligini ta’kidladi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, taniqli va badavlat shaxslar ma’lum ma’noda himoyalangan bo‘lsalar-da, oddiy va kam ta’minlangan insonlar irqchilikdan ancha ko‘p aziyat chekmoqdalar.

«Men Ispaniya, Germaniya yoki Portugaliyani irqchi davlatlar demoqchi emasman, irqchilar har bir mamlakatda topiladi. Agar biz birgalikda kurashsak, umid qilamanki, boshqa o‘yinchilar va insonlar bundan jabr ko‘rishni to‘xtatadilar», — deya o‘z munosabatini bildirdi Vinisius.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting