locale OZ

Vinisius Xorvatiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Braziliyalik futbolchi Fransiyaga qarshi oʻyindan soʻng jismoniy zoʻriqish sezgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius Xorvatiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior milliy jamoaning mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.

Vinisius Fransiya bilan o‘yindan (1:2) so‘ng jismoniy zo‘riqish tufayli sonida og‘riq sezgan. Juma kuni futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va xayriyatki, tekshiruvlar jiddiy shikastlanishni aniqlamadi. Shunga qaramay, braziliyalik yulduzning bo‘lajak o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya terma jamoasining yana bir a’zosi, «Barselona» hujumchisi Rafinya jarohat olgani va uning tiklanishi uchun besh hafta vaqt ketishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Braziliya va Xorvatiya o‘rtasidagi uchrashuv 1 aprel kuni Orlandoda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tonggi soat 05:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting