locale OZ

Vinisius uchun yana bir da'vogar klub nomi ma'lum bo'ldi - Ben Jeykobs

Avvalroq "Arsenal" ham 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius uchun yana bir da'vogar klub nomi ma'lum bo'ldi - Ben Jeykobs
Foto: Getty Images

Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, "Arsenal"dan tashqari Saudiyaning "Al-Ahli" klubi ham Madridning "Real" jamoasi vingeri Vinisius Juniorni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Manbaga ko'ra, "Al-Ahli" braziliyalik futbolchini Saudiya Pro-ligasining asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda. Shu bilan birga, Vinisiusning kelajagi uning "Real" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralariga bog'liq bo'lib qolmoqda.

Avvalroq "Arsenal" ham 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozircha hech bir klub "Real"ga rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting