Vinisius uchta o‘yinga chetlatilishi mumkin
Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior katta ehtimol bilan "Barselona"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Jurnalist Mario Kortegananning xabar berishicha, Vinisius Ispaniya chempionatining 8-turida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (1:0) maydondan chetlatilgani uchun kamida ikkita uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinadi.
Biroq braziliyalik futbolchining qizil kartochkaga nisbatan tajovuzkor munosabati sababli jazo muddati uchta o‘yinga qadar oshirilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Vinisius raqibining sochidan tortgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Katta ehtimol bilan Vinisius "Barselona"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. "Real" Kataloniya klubi bilan "Sevilya"ga qarshi uy uchrashuvidan keyingi turda to‘qnash keladi.