locale OZ

Vinisius «Real» bilan yangi shartnoma boʻyicha kelishuvga erishdi

Yangi shartnomaga koʻra, braziliyalik yulduz Mbappedan kamroq maosh oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius «Real» bilan yangi shartnoma boʻyicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma borasida keluvshuvga erishdi. Tomonlar faqat so‘nggi detallarni kelishib olishlari qoldi. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Vinisius bilan shartnoma uzaytirilganidan keyin ham, «qaymoqranglilar» hujumchisi Kilian Mbappe «qirollik klubi»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lib qoladi.

Avvalroq OAVda Vinisius amaldagi shartnomasiga ko‘ra yiliga 25 million yevro, Mbappe esa 32 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgan edi. Braziliyalik futbolchining hozirgi kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting